Termizning sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U Jinoyat kodeksining 7 ta moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Shuningdek, 17 nafar sudlanuvchiga ham turli darajada jazolar tayinlandi.
35,6 mlrd so‘m mablag‘ni o‘zlashtirishda gumonlangan Termizning sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev hamda uning ikki o‘rinbosariga oid jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda. Ishga jami 18 kishi ayblanuvchi, 200 kishi jabrlanuvchi va guvoh sifatida jalb qilingan. Ish hajmi kattaligi sababli sud yana 4 oy davom etadi.
Termizning sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari davlat, jamiyat va tadbirkorlar manfaatlariga 35,6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jami 11 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Huquq-tartibot organlari Termiz shahrining sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev, uning ikki nafar o‘rinbosari va yana 4 nafar mansabdorni hibsga oldi. Ular «Yashil dunyo» savdo majmuasi qurilishi davomida 14,8 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting